Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent–Goa yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi iqtisodiy va turistik hamkorlikni kuchaytirish doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Toshkent–Goa–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Yangi reyslar ikki mamlakat o‘rtasida odamlar va biznes almashinuvini faollashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Ushbu yo‘nalishdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar joriy yil 3 dekabridan boshlab amalga oshirilmoqda. Mazkur aviaqatnovlar sayyohlar, ishbilarmonlar, shuningdek, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlikdan manfaatdor tadbirkorlar uchun qulay logistik imkoniyatlarni yaratadi.
Toshkentdagi uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish, xususan, Goa shtati bilan turizm, farmatsevtika, muqobil energetika, “yashil” iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhim yo‘nalish sifatida qayd etilgan edi.
Tomonlar ta’kidlashicha, Toshkent–Goa to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlari savdo-iqtisodiy hamkorlik, turizm oqimini oshirish, ishbilarmon doiralar aloqalarini kengaytirish hamda O‘zbekiston–Hindiston strategik sherikligini amaliy mazmun bilan boyitishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Mavzuga oid
09:51 / 09.02.2026
Toshkentda davlat yong‘in nazorati tekshiruvlari davom etmoqda
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026
Toshkent va Qashqadaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
08:25 / 07.02.2026