Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa so‘z erkinligi bo‘yicha AQSh tanqidini rad etdi
Tramp ma’muriyati o‘zining yangi milliy xavfsizlik strategiyasida Yevropada demokratiya va so‘z erkinligi yo‘qolib borayotganidan shikoyat qildi. Berlin va Bryussel esa bu fikrga qo‘shilmadi.
AQShning yangi milliy xavfsizlik strategiyasi juma kuni, 5 dekabr nashr etilganidan so‘ng, Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari tomonidan keskin tanqidga uchradi, deb yozadi dpa agentligi. Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Vashingtonning Yevropada so‘z erkinligiga oid tanqidiy mulohazalarini sharhlar ekan, “kimdir bizga maslahat berishi kerak, deb hisoblamayman”, deb bildirdi. Shu bilan birga, vazir AQSh NATO doirasida Germaniya uchun eng muhim ittifoqchi bo‘lib kelgani va shunday bo‘lib qolishini ta’kidladi.
Germaniyada faqat ijroiya, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati davlat organlarigina emas, “balki, haqli ravishda, erkin OAV ham mavjud”, dedi Vadeful Berlinda islandiyalik hamkasbi Torgerdur Katrin Gunnarsdouttir bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida. U Berlin bu masalaga “juda katta ahamiyat” qaratayotganini qayd etdi. “Biz shu paytgacha GFR ichida bu masalalarning barchasini yaxshi muhokama qila olganimizdan mamnunmiz va minnatdormiz, — deya qo‘shimcha qildi TIV rahbari. — Va biz kelgusida ham bu masalalarning barchasini begona yordamsiz, mustaqil tarzda muhokama qilishimiz va hal etishimiz mumkin, deb hisoblaymiz”.
Germaniya hukumatining transatlantik munosabatlar bo‘yicha koordinatori Metin Xakverdi ham mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi. U dpa agentligiga bergan izohida Yevropaning “iqtisodiy va harbiy jihatdan kuchliroq va yanada suveren bo‘lishi kerak”ligini tan oldi. “Biz bu yo‘nalishda jiddiy ish olib boryapmiz”, — dedi u. Siyosatchi shuni ham qo‘shimcha qildiki, Yevropa davlatlari AQSh bilan “yaxshi” hamkorlik qiladi, ammo “kim bo‘lishidan qat’i nazar, ichki siyosatga aralashuvni qabul qilmaymiz”.
Yevrokomissiya ham Amerika strategiyasida Yevropa Ittifoqiga nisbatan bildirilgan ayblovlarni keskin rad etdi. Jurnalistlar savoliga javob berar ekan, Yevrokomissiya vakili Paula Pino YeI “siyosiy erkinlik va suverenitetni buzadigan, o‘z migratsiya siyosati orqali qit’aga zarar yetkazadigan va so‘z erkinligiga to‘sqinlik qiladigan institut hisoblanadimi-yo‘qmi”, degan savolga qat’iy “yo‘q” deb javob berdi.
Shu bilan birga, u AQShning yangi milliy xavfsizlik strategiyasini sharhlashdan tiyildi. “Biz hali uni ko‘rib chiqish va unga baho berishga ulgurmadik, shu sababli hozircha u haqida hech qanday izoh bera olmaymiz”, — deya Pinoning so‘zlarini keltiradi dpa agentligi.
O‘zining yangi strategiyasida AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida “jiddiy muammolar” mavjudligiga nisbatan tashvish bildirgan. Hujjatda ta’kidlanishicha, ayrim YeI davlatlarida hokimiyat so‘z erkinligini va siyosiy muxolifatni bostirayotgani aytilgan. Shuningdek, Yevropa rasmiylarining Ukrainadagi urush natijasiga oid “reallikka to‘g‘ri kelmaydigan kutilmalari” borligi qayd etilgan. “Ko‘pchilik yevropaliklar tinchlikni istaydi, ammo bu intilish siyosatda o‘z aksini topmayapti, buning sababi, ko‘p jihatdan, hukumatlar demokratik jarayonni izdan chiqarayotganidandir”, — deyiladi hujjatda.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026