Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo bo‘ylab barcha binolarning birinchi 3D kartasi ishlab chiqildi
Germaniyaning Myunxen Texnika Universiteti olimlari dunyodagi barcha binolarni birlashtirgan birinchi 3D kartani yaratdi. GlobalBuildingAtlas loyihasi 2,75 milliard bino uchun shahar va qishloq hududlarini uch o‘lchovli tasvirlaydi.
Har bir bino kengligi, uzunligi, balandligi va hajmi bilan ko‘rsatilgan. 97% binolar soddalashtirilgan 3D shaklda (LoD1) tasvirlangan, bu esa shahar zichligini hisoblash va infratuzilmani rejalashtirishda yordam beradi.

Loyihaning o‘zgacha jihati shundaki, karta Afrika, Janubiy Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo va qishloq hududlarini ham qamrab oladi. Shu bilan birga, har bir kishi uchun qurilish hajmi hisoblanadi, bu ijtimoiy va iqtisodiy farqlarni aniqlashga yordam beradi.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026