Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi
May oyida Migratsiya agentligi Yaponiyaning “Proud Partners” kompaniyasi bilan haydovchilarni O‘zbekistonda yapon tili va kasbga o‘qitib, yuqori maoshli ishlarga jalb qilishga kelishgandi.
Kelishuvlar doirasida sentabr oyida Toshkent shahrida loyihaning ramziy ochilishi bo‘lib o‘tdi va B–C toifali haydovchilik guvohnomasi bor va Yaponiyada ishlash istagini bildirib ariza qoldirgan 200 dan ortiq nomzod uchun tanlovlar tashkil etildi.
Qurilish sohasida ishlash uchun ro‘yxatdan o‘tgan 700 nafar nomzodga 15 dekabrdan boshlab onlayn tanlovlar rejalashtirilmoqda.
Tanlovdan o‘tganlar Angren shahrida joylashgan Migratsiya agentligi tasarrufidagi 2-son texnikumning Qurilish sohasi malakali mutaxassislarni tayyorlash markazida 6–8 oylik bepul o‘quv kurslarida ta’lim oladilar va kurslar yakunlangach, Yaponiyada ish boshlaydilar.
Tanlov natijalari va o‘qish boshlanish vaqti haqida agentlik kanalida e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:46 / 11.06.2026
Noqonuniy qurilishlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
08:43 / 11.06.2026