Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda avtobusdagi YTH oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Qozog‘istonning Aqto‘be oblastida yo‘lovchi avtobus ariqqa ag‘darilib ketdi. Yo‘lovchilardan 5 nafari, xususan, 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. O‘zbekiston FVV qurbonlarning jasadini vatanga olib kelish choralarini ko‘rmoqda.
Qozog‘istonning Aqto‘be oblastida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekiston FVV xabarida qayd etilishicha, voqea 7 dekabr kuni soat 08:57 da Aytekebi rayonidan o‘tgan respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘lining 1028-kilometrida sodir bo‘lgan. Perm – Toshkent yo‘nalishida harakatlangan Yutong yo‘lovchi avtobusi yon tomonga ag‘darilgan.
YTH oqibatida avtobusda bo‘lgan 49 nafar yo‘lovchidan 5 nafari vafot etgan, ulardan 2 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
Vazirlik mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishchi guruh tuzgan holda vafot etganlarni vatanga olib kelish va dafn marosimlarini o‘tkazishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rayotganini bildirdi.
«Hozirda mas’ul xodimlar qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda», – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:32 / 22.01.2026
«Kelin o‘g‘irlash» ortidan sodir etilgan qotillik Qozog‘istonni larzaga soldi
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
17:52 / 20.01.2026
To‘qayev Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimini tiklashni taklif qildi
12:24 / 20.01.2026