Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm | 14:33 / 08.12.2025
10544
1 daqiqa o‘qiladi
10 oyda Turkiyaga borgan o‘zbekistonliklar soni sezilarli oshdi
2025 yil yanvar–oktyabr oylarida 230,8 mingdan ziyod O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,3 foizga ko‘pdir.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 230 844 nafar O‘zbekiston fuqarosining Turkiyaga borishi qayd etilgan. Ulardan:
- 172,4 ming nafar – sayohat maqsadida;
- 51,3 ming nafar – qarindoshlarni yo‘qlash uchun;
- 2,3 ming nafar – o‘qish uchun;
- 3,3 ming nafar – davolanish uchun;
- 1,6 ming nafar – xizmat safari maqsadida borgan.
Rasmiy statistika ma’lumotlariga qaraganda, Turkiya o‘zbekistonliklar uchun turistik yo‘nalish sifatida ommabopligini saqlab qolmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
12:32 / 03.07.2026