Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Falastin davlatini tan olmaydi – Mers
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha Falastin davlatini tashkil etish uchun "sharoit yo‘q".
Foto: AP Photo
Germaniya yaqin kelajakda Falastin davlatini tan olmaydi, dedi GFR kansleri Fridrix Mers Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot anjumanida.
Germaniya hukumati rahbarining qayd etishicha, avvalo tinchlik rejasini qadamba qadam amalga oshirish muhim hisoblanadi.
"Oxiri nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Shunday ekan, GFR hukumati Yevropaning boshqa davlatlaridan farqli o‘laroq, Falastin davlatini tan olishdan voz kechdi. Yaqin kelajakda ham tan olmaymiz", - dedi Mers.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha Falastin davlatini tashkil etish uchun "sharoit yo‘q".
22 sentabr kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron BMT Bosh Assambleyasining ochilish majlisida mustaqil Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi. Undan bir kun oldin xuddi shu haqda Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Portugaliya ham ma’lum qilgan edi. Umuman olganda, 22 sentabr holatiga ko‘ra, BMTning 153 a’zo davlati, shuningdek, Vatikan Falastin mustaqilligini tan olishi qayd etilgan.
Mavzuga oid
11:21
Germaniya 20 nafar Afg‘oniston fuqarosini deportatsiya qildi
14:07 / 26.02.2026
GFR TIV rahbari: RF aktivlarini musodara qilish mavzusi kun tartibidan olindi
13:18 / 26.02.2026
Germaniya bundestagi Ukraina qo‘llab-quvvatlanishi haqida rezolyutsiya qabul qildi
11:42 / 26.02.2026