Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kvartira sotib olish uchun necha yil pul jamg‘arish kerak?
16 yildan ortiq, bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng uzoq muddat.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonliklarga kvartira sotib olishga pul jamg‘arish uchun Qozog‘iston aholisiga qaraganda ikki baravar ko‘p vaqt kerak. Bu haqda sobiq sovet davlatlari bo‘yicha raqamlarga ixtisoslashgan Geostatistika portali ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, o‘zbekistonliklar o‘rtacha 482 dollar maosh bilan 96,8 ming dollar qiymatli kvartira uchun 16 yil 9 oy pul jamg‘arishiga to‘g‘ri keladi. Taqqoslanishicha, qozog‘istonliklar kvartira uchun 7 yil 8 oy, qirg‘izistonliklar 13 yil 6 oy, tojikistonliklar 15 yil 9 oy pul jamg‘arishiga to‘g‘ri keladi.

Geostatistika hisoblash uslubi, jumladan, kvartira maydoni haqida batafsil ma’lumot bermagan.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, muddatlardagi tafovut bir kvadrat metr narxi o‘rtasidagi farq bilan ham, mamlakatlardagi o‘rtacha ish haqi darajasi bilan ham izohlanadi.
Mavzuga oid
09:46 / 26.05.2026
Toshkentda uy savdosi bilan bog‘liq mojaro tergov qilinmoqda
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
10:18 / 23.05.2026
Zarafshonda ko‘p qavatli uydagi xonadonda basseyn qurib olingani aniqlandi
14:27 / 20.05.2026