Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
Ota-onani moddiy ta’minlash - qonun bilan belgilangan mas’uliyat. MIB Samarqand viloyati boshqarmasi Oqdaryo tumanida o‘z burchini qasddan bajarmagan fuqaro ma’muriy tartibda javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.
MIBga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan, qarzdor E.X.dan o‘z otasi Yu.X. foydasiga oylik daromadining 50 foizi miqdorida aliment to‘lash belgilangan.
Biroq qarzdor belgilangan majburiyatni bajarmasdan, alimentni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan. MIB davlat ijrochisi tomonidan berilgan bir necha bor ogohlantirishlarga qaramay, qarzdorning harakati o‘zgarmagani sababli hujjatlar sudga kiritilgan.
2025 yil 1 dekabr kuni JIB Oqdaryo tuman sudi E.X.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-5-moddasi 1-qismi asosida 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, Oila kodeksining 109-moddasida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar mehnatga layoqatsiz va yordamga muhtoj ota-onalarini moddiy ta’minlashi va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi shartligi belgilangan.
Mavzuga oid
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
10:06 / 27.11.2025
Aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet elga chiqishi mumkin bo‘ladi
17:53 / 25.11.2025
Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
14:21 / 25.11.2025