Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda
Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda. Uchrashuvda dehqon va fermerlar, bog‘bonlar, chorvadorlar, suvchilar, agronomlar hamda mexanizatorlarning mehnati yuksak baholandi.
So‘zining avvalida davlat rahbari noz-ne’mat yetishtirib, el dasturxoniga qut-baraka olib kirayotgan barcha mehnatkashlarga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromini izhor etdi.
«Sizlarning nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi beqiyos ishlaringiz har qancha tahsinga sazovor», – dedi prezident.
Uchrashuvda bu yil iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun yutuqlarga boy va barakali yil bo‘lgani ta’kidlandi. Ayniqsa, xalqimizning 3,5 milliondan ziyod vakili mehnat qilayotgan qishloq xo‘jaligida katta marralarga erishilgani qayd etildi.
Mavzuga oid
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026