Jamiyat | 08:42 / 12.12.2025
1554
1 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi feyk xat va havolalardan ogohlantirdi

Adliya vazirligi tadbirkorlar va fuqarolar elektron pochtalariga vazirlik nomidan yuborilayotgan soxta xatlar tarqalayotganini ma’lum qilib, bunday xabarlarga ishonmaslik va ulardagi havola hamda QR-kodlarni ochmaslikka chaqirdi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan elektron pochta manzillariga shubhali xatlar kelayotgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Adliya vazirligi ta’kidlashicha:

  • bunday ko‘rinish va mazmundagi xatlar vazirlikka umuman aloqador emas;
  • ular feyk xabar hisoblanadi;
  • xatdagi havolalar va QR-kodlar fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlaydigan soxta saytlarga yo‘naltirishi mumkin.

Rasmiy tarzda tadbirkorlar va fuqarolardan firibgarlarga aldanmaslik, shubhali elektron xatlar va “vazirlik nomidan” yuborilgan telefon/onlayn xabarlarga ishonmaslik, zarurat bo‘lganda esa ma’lumotni faqat Adliya vazirligining rasmiy kanallari orqali tekshirib ko‘rish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid