Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalar uchun poyezd chiptalariga ham 50 foiz chegirma e’lon qilindi
Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar qishki ta’til davrida mahalliy yo‘nalishlarda qatnaydigan yo‘lovchi poyezd chiptalarini yarim narxda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chegirma 2025 yil 18 dekabrdan 2026 yil 12 yanvarga qadar amal qiladi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat oliy ta’lim muassasalari talabalariga qishki ta’til mobaynida barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarining temiryo‘l hujjatlariga to‘liq qiymatidan 50 foiz chegirma beriladi.
Bunda chegirma SV/VIP klass vagonlari, shuningdek, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun qo‘llanmaydi.
Yo‘lovchi chiptalarini elektron tarzda xarid qilish uchun eticket.railway.uz saytidan, shuningdek Android va iOS qurilmalari uchun mo‘ljallangan rasmiy mobil ilovalardan foydalanish mumkin.
Mavzuga oid
08:22 / 20.02.2026
Ilk marta: samolyot harakatlanayotgan poyezd ustiga qo‘nib, yana osmonga ko‘tarildi
11:11 / 17.02.2026
“Tashqi ko‘rinishim bilimimni belgilab bermaydi” – O‘zJOKUda bo‘yinbog‘siz talabalar darsga kiritilmadi
10:43 / 13.02.2026
Vodiy–Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd reyslari yo‘lga qo‘yildi
13:35 / 29.01.2026