Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya Rossiyaga qarshi YeIning 19-sanksiya paketini qo‘llab-quvvatladi
Shveytsariya Rossiyaning 22 fuqarosi va 42 korxonasining aktivlarini muzlatdi - shu tariqa YeIning RFga qarshi 19-sanksiya paketini qo‘llab-quvvatladi.
Shveytsariya Ukrainaga hujum uchun Rossiyaga qarshi joriy etilgan Yevropa Ittifoqining 19-paket sanksiyalariga qo‘shildi. Cheklovlar ro‘yxatini mamlakatning Iqtisodiyot, ta’lim va fan vazirligi e’lon qildi. Yangi choralar shanba, 13 dekabrdan kuchga kiradi. Xususan, 22 nafar jismoniy shaxs va 42 ta kompaniyaning aktivlari muzlatildi. Shuningdek, 116 ta kemani sotib olish, sotish va texnik xizmat ko‘rsatish taqiqlandi — ularning katta qismi Rossiyaning “soya floti”ga kiradi. Bundan tashqari, Shveytsariya hokimiyati, jumladan uchinchi mamlakatlarda joylashgan 45 ta firmaning eksport yetkazib berishini yanada kuchaytirilgan tartibda nazorat qiladi.
Bundan tashqari, beshta rus banki va ularning boshqa mamlakatlardagi to‘rtta filialiga shveysariyalik kontragentlar bilan operatsiyalar o‘tkazish taqiqlandi. Bu chora uchinchi mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan yana sakkizta kompaniyaga ham ta’sir qiladi. Qaror shu bilan izohlanganki, mazkur korxonalar sanksiyalarning maqsadini — RFning harbiy-sanoat majmuasiga tanqidiy ahamiyatga ega tovarlar yetkazib berilishining oldini olishni “jiddiy ravishda izdan chiqaradi”.
Shveytsariya YeI tomonidan 19-paket doirasida Belarusga nisbatan joriy etilgan taqiqlovchi choralarni ham inobatga oldi. Xususan, ikki nafar jismoniy shaxs va uchta kompaniyaning aktivlari muzlatildi. Bu shaxslarga ham, xuddi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan Rossiya fuqarolari kabi, Shveytsariyaga nafaqat kirish, balki uning hududi orqali tranzit o‘tish ham taqiqlanadi.
2025 yil 23 oktyabrda Yevropa Ittifoqi Ukrainada davom etayotgan urush sabab Rossiyaga qarshi 19-paket sanksiyalarni qabul qildi. Xususan, u RFdan suyultirilgan tabiiy gaz (LNG) yetkazib berishni bosqichma-bosqich taqiqlashni nazarda tutadi. Kutilishicha, qisqa muddatli shartnomalar olti oydan so‘ng amaldan to‘xtaydi, uzoq muddatli shartnomalar esa 2027 yil 1 yanvardan to‘xtatiladi.
Shuningdek, sanksiya ro‘yxatlariga boshqalar qatorida Hongkong, Xitoy, Hindiston va Tailand kompaniyalari ham kiritildi. Shaxsiy cheklovlar Belarusdan “Belneftexim” konserni raisi Ilya Ikan va “Gorizont” holdingi bosh direktori Yuriy Predkoga nisbatan joriy etildi. Shuningdek, Moskvadagi VShE universiteti rektori Nikita Anisimov va Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimidagi Dmitriy Medvedev yordamchisi Oleg Osipov ham sanksiyalar ostiga tushdi.
Mavzuga oid
16:23
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026