Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI RFning “soya floti”ni sanksiya paketlaridan tashqari ham jazolaydi
Yevropa Ittifoqida Rossiyaning “soya floti” kemalarini sanksiya ro‘yxatlariga kiritishni endi sanksiya paketlari qabul qilinishiga bog‘lab qo‘ymaslikka qaror qilindi. Endilikda jarayon yanada moslashuvchan va tezkor bo‘ladi.
Foto: Vesa Moilanen/Lehtikuva/dpa/picture alliance
Endilikda Yevropa Ittifoqi Rossiya neftini tashuvchi “soya floti” kemalariga nisbatan sanksiyalarni sanksiya paketlaridan qat’i nazar joriy qiladi. Yondashuvni o‘zgartirish niyati haqida juma kuni, 12 dekabrda, Bryusselda YeIning bir nechta diplomatlari va amaldorlari xabar qildi.
Bu yo‘nalishdagi birinchi qadam 15 dekabr, dushanba kuni YeI Tashqi ishlar bo‘yicha kengashi yig‘ilishida qo‘yiladi. DW manbalariga ko‘ra, sanksiya ro‘yxatiga RFning “soya floti”dan yana taxminan o‘ntacha kema kiritiladi. Shu bilan birga, 20-paket sanksiyalar aynan shu kuni qabul qilinishi kutilmayapti, chunki uni muhokama qilish endigina boshlanmoqda.
Yangi cheklov choralari paketlari ustida ish ko‘pincha oylab cho‘zilib ketishi sabab, YeI yanada moslashuvchan harakat qilishga qaror qildi. Diplomatlardan biri ta’kidlashicha, “soya floti” kemalarini ular aniqlangan zahoti sanksiya ro‘yxatlariga kiritish muhim — bu RFga qarshi sanksiyalarni aylanib o‘tishga qarshi samarali kurashni davom ettirishga yordam beradi. Yana bir manba esa bu choralar Rossiya iqtisodiyotiga allaqachon sezilarli ta’sir ko‘rsatganini aytgan.
Bundan tashqari, endilikda sanksiya paketlaridan tashqari tarzda “soya floti”ga ko‘maklashuvchilarga nisbatan ham sanksiyalar joriy etish imkoni paydo bo‘ladi, biroq buning uchun baribir YeI Kengashining yakdil qarori talab etiladi.
Tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, hududiy suvlarda kemalarni tekshirishni kuchaytirish masalasini ham muhokama qiladi. Xususan, ular Fransiya misolini ko‘rib chiqadi: u Benin bayrog‘i ostida suzayotgan Boracay tankerini ushlagan. Fransiya qonunlariga ko‘ra, dengiz prefekti harbiy ofitserlar tomonidan kema bortiga chiqish (tekshiruv)ga ruxsat berishi mumkin, shundan keyin ish prokuraturaga topshiriladi.
Biroq bunday tartib YeIning barcha mamlakatlari qonunlarida nazarda tutilmagan. Shuning uchun YeI tashqi ishlar vazirlari tajriba almashishni va umumevropacha yondashuvni ishlab chiqishni boshlash niyatida.
Mavzuga oid
22:27 / 15.12.2025
Ukraina harbiylari Rossiya suvosti kemasi yo‘q qilingani haqida xabar berdi
19:30 / 15.12.2025
Migratsiya agentligi Moskvadagi muhtoj migrantlarni vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlaydi
16:31 / 15.12.2025
Ukraina nomidan Rossiyaga ko‘rsatilayotgan bosim davom etadi – MI6
11:07 / 15.12.2025