Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter nomi qafasdan chiqyapti
«Twitter» brendi atrofida kutilmagan harakatlar boshlandi. AQShdagi «Operation Bluebird» startapi ushbu nomni Ilon Maskdan olib qo‘yish uchun rasmiy ariza topshirgan. Ular X eski nom va ramzlardan voz kechganini asos qilib ko‘rsatmoqda.
Foto: Getty images
Agar da’vo qondirilsa «Twitter.new» nomli yangi ijtimoiy tarmoq ishga tushishi mumkin. Loyiha eski Twitter’dagi jonli muhit va ochiq muloqotni qayta tiklashni maqsad qilgan. Platformaning ishchi prototipi allaqachon mavjud.
Shu bilan birga, Ilon Maskka tegishli Grok sun’iy intellekti ham muhokamalar markazida. Ayrim foydalanuvchilar uni ma’lumot xavfsizligi nuqtai nazaridan shubhali deb hisoblamoqda.
Xulosa oddiy. Twitter brendi hali ham kuchli va unga qiziqish katta. Ammo u kim qo‘lida va qanday shaklda qaytishi hali ochiq masala.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram-sahifasini kuzatib boring.
Mavzuga oid
18:57 / 09.02.2026
Ilon Mask endi Mars emas, Oyda shahar yaratish ustuvor ekanini aytdi
18:16 / 05.02.2026
Tojikiston aholisi uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi
22:14 / 04.02.2026
Ilon Maskning boyligi 800 milliard dollardan oshdi – Forbes
16:02 / 04.02.2026