Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand darvoza-Qoratosh chorrahasida Lacetti piyodani urib yubordi
14 dekabr kuni soat 23:10 larda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida, Samarqand darvoza-Qoratosh ko‘chalari chorrahasida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Piyodaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qilishicha, joriy yilning 14 dekabr kuni soat 23:10 larda Shayxontohur tumani Samarqand darvoza—Qoratosh ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. YTH oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. YHXB barcha yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2026
Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu'da uchta bolani urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
12:22 / 16.05.2026