Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘z partiyasi oraliq saylovlarda yutqazishi mumkinligini istisno etmadi
AQSh prezidenti Donald Tramp 2026 yilgi oraliq saylovlarda Respublikachilar partiyasi mag‘lub bo‘lishi ehtimolini tan oldi. U o‘zini “tarixdagi eng yaxshi iqtisodiyot”ni yaratganini aytyapti, ammo amerikaliklarga buni tushunish uchun vaqt kerak bo‘lishi mumkin, deya bildirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda Respublikachilar partiyasi mag‘lub bo‘lishi mumkinligini tan oldi. The Wall Street Journal gazetasida shanba kuni, 13 dekabrda e’lon qilingan intervyuda Tramp davlat rahbari sifatida AQSh “tarixdagi eng yaxshi iqtisodiyot”ga aylanishi uchun barcha sa’y-harakatlarni qilganini, biroq “odamlarga buni anglab yetish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘lishi mumkin”ligini aytdi.
Oq uy rahbari, shuningdek, o‘tmishda ham muvaffaqiyatli prezidentlar doimo omadsizliklarga duch kelganini eslatdi. “Nima bo‘lishini ko‘ramiz”, — dedi u rejalashtirilayotgan oraliq saylovlar haqida izoh berar ekan. “Biz g‘alaba qilishimiz kerak. Lekin, bilasizmi, statistikani hisobga olsak, g‘alaba qilish juda qiyin. Ha, bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”, — dedi u.
AQSh Federal zaxira tizimi 10 dekabr kuni kelasi yil uchun iqtisodiy prognozni biroz oshirib, 2,3 foizga yetkazdi. Amerika regulyatori fikricha, apreldan beri yana o‘sishni boshlagan inflatsiya ham pasayishi mumkin. Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, sentabrda inflatsiya ko‘rsatkichi 2024 yilning shu oyiga nisbatan 2,8 foizga oshgan.
Saylovoldi kampaniyasi davomida Tramp inflatsiyani pasaytirishga va’da bergan edi. Ushbu ma’lumotlar e’lon qilinganidan so‘ng, Oq uy rahbari 11 dekabr kuni “mamlakat tarixidagi eng buyuk iqtisodiyotni inflatsiyasiz yaratgani” uchun “uni ijobiy baholash”ni talab qildi.
2026 yil kuzida AQSh Kongressiga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda demokratlar Vakillar palatasidagi ko‘pchilikni qaytarib olishga umid qilmoqda. Hozirda respublikachilar ham quyi palata, ham Senatni nazorat qilmoqda. AQShda oraliq saylovlarda ko‘pincha hokimiyatdagi partiya mag‘lubiyatga uchraydi.
\
Mavzuga oid
10:39
Trampning tahdidi ortidan AQSh Eron bo‘ylab yangi zarbalar yo‘lladi
10:06
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026