Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning Belgorodga bergan zarbasidan keyin infratuzilmaga zarar yetdi
Belgoroddagi “Luch” gaz-turbinali issiqlik elektr markazi zarba ostida qolgan, deb yozadi ASTRA Telegram-kanali. Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov “muhandislik infratuzilmasi jiddiy shikastlangani”ni ma’lum qildi.
Foto: Telegram / astrapress
Ukraina Qurolli kuchlarining Belgorodga raketa zarbasi natijasida “muhandislik infratuzilmasi jiddiy shikastlangani” qayd etildi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. Bu haqda yakshanba kuni, 14 dekabrda, viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov o‘zining Telegram-kanalida xabar qildi.
Oltita ko‘p qavatli uy va bitta xususiy uydagi kvartiralar oynalari shikastlangan.
Favqulodda va tezkor xizmatlar oqibatlarni bartaraf etmoqda. Gladkovning qo‘shimcha qilishicha, Belgorod shahri va Belgorod okrugida, shuningdek Shebekino shahri va Shebekino okrugida raketa zarbasi xavfi e’lon qilingan.
ASTRA Telegram-kanalining baholashicha, zarba “Luch” gaz-turbinali issiqlik elektr markaziga berilgan. U “Xarkovskaya gora” mikrorayonining bir qismini va Belgorodning boshqa hududlarini elektr energiyasi hamda issiqlik bilan ta’minlaydi. Hozircha elektr ta’minotida uzilishlar haqida xabar berilmagan. Shahar aholisi soni taxminan 330 ming kishini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
14:30
Nemis biznesi Ukrainaga yordamni Germaniya buyurtmalari bilan bog‘lamoqchi
13:21
Yevroittifoq gibrid hujumlar uchun Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi
12:24
Germaniya Ukrainaga investitsiya kiritish bo‘yicha yangi dasturni boshlayapti
11:55