Iqtisodiyot | 11:40 / 16.12.2025
621
1 daqiqa o‘qiladi

Ishlab chiqarish sohasida soliq tushumlari: QQS va aksiz yetakchi

2025 yil yanvar–oktyabr oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 60 525 ta yuridik shaxs tomonidan jami 76,2 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Foto: master-uz.com

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tushumlarning 15,9 trln so‘mi (NKMK va OKMK AJdan tashqari) 20 ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning tovar aylanmasi 183,9 trln so‘m, foydalangan soliq imtiyozlari miqdori esa 2,1 trln so‘mdan oshgan.

Yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘langan tushumlar soliq turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • QQS — 4,9 trln so‘m;
  • aksiz solig‘i — 4 trln so‘m;
  • foyda solig‘i — 2,2 trln so‘m;
  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq — 1,8 trln so‘m;
  • JShODS — 968,6 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq — 946,9 mlrd so‘m;
  • mol-mulk solig‘i — 525,4 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar — 408,5 mlrd so‘m.

Keltirilgan raqamlar ishlab chiqarish sohasidagi soliq tushumlari hajmini va yirik soliq to‘lovchilar ulushini aks ettiradi.

Mavzuga oid