Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmatlari sifati QR-kod orqali baholanadi
Hukumat qarori bilan “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini aholi tomonidan baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar davlat xizmatidan foydalanganidan so‘ng maxsus QR-kod orqali xizmat sifatiga 1 dan 5 gacha baho qo‘yishi mumkin.
Hujjatda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va samaradorligini baholashning asosiy mezonlari belgilangan. Ular quyidagilardan iborat:
- xizmat ko‘rsatish sifati;
- xizmatning o‘z vaqtida ko‘rsatilgani;
- xizmatdan foydalanish imkoniyati.
Nizomga ko‘ra, baholovchi (fuqaro) davlat xizmatidan foydalanganidan keyin maxsus QR-kodni skaner qilib, belgilangan mezonlar asosida 1–5 orasida baho va fikrlarini qoldiradi.
Qayd etilishicha, 3 yoki undan past baho, shuningdek salbiy fikrlar davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida vakolatli organlar hamda Adliya vazirligiga avtomatik ravishda yuboriladi. Shundan so‘ng, salbiy bahoga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar vakolatli organlar tomonidan o‘rganilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Baholash natijalari yaxshilanmasa, Adliya vazirligi mas’ul xodimlarni davlat xizmatlari ko‘rsatishdan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolatli organga taqdimnoma kiritishi mumkin.
Shuningdek, baholash yakunlariga ko‘ra davr, vakolatli organ va hududlar (viloyatlar hamda tuman/shaharlar) kesimida reyting shakllantirilib, har chorak, yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar YaIDXPda e’lon qilib borilishi belgilangan.
Mavzuga oid
21:33 / 24.05.2026
Qabristonlarga QR-kodlar orqali xayr-ehsonlar qilish yo‘lga qo‘yiladi
18:11 / 17.04.2026
Tadbirkorlar uchun «Biznes himoya» QR-kodi joriy etiladi
17:56 / 16.04.2026
QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
15:23 / 05.01.2026