Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Oskar»-2026: short-listlar e’lon qilindi
Amerika Kino san’ati va fanlari akademiyasi 98-«Oskar» mukofoti uchun 12 ta yo‘nalishda short-listlarni e’lon qildi.
Sinners filmi Foto: Warner Bros
AP xabariga ko‘ra, short-listlarda eng ko‘p tilga olingan loyihalardan ikkitasi — Rayan Kuglerning Sinners filmi va Wicked: For Good myuzikli bo‘lib, ular bir nechta texnik toifalarda hamda musiqa yo‘nalishlarida qayd etilgan.
Bu yilgi ro‘yxatlar quyidagi toifalarni qamraydi: animatsion qisqa metraj, aktyorlar ishtirokidagi qisqa metraj, hujjatli to‘liq va qisqa metraj, xalqaro film, kasting, operatorlik ishi, grim va soch turmagi, ovoz, vizual effektlar, shuningdek musiqa — (original qo‘shiq va original skor).
Musiqa yo‘nalishlarida esa bir qator taniqli ijrochilar va guruhlar ham short-listdan joy olgani aytilmoqda; xususan, ayrim qo‘shiq va skorlar ro‘yxatida Nine Inch Nails, Mayli Sayrus, Ed Shiran kabi nomlar tilga olinadi.
Keyingi bosqichda nominatsiyalar uchun ovoz berish 2026 yil 12–16 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi, rasmiy nominantlar esa 22 yanvar kuni e’lon qilinadi. 98-«Oskar» taqdirlash marosimi 2026 yil 15 mart kuniga belgilangan va uni Konan O’Brayyen olib borishi ma’lum qilingan.
Mavzuga oid
12:34 / 02.12.2025
O‘zbekiston va Misr Sayfiddin Qutuz haqida qo‘shma film suratga oladi
18:12 / 17.11.2025
Tom Kruz kinoga qo‘shgan hissasi uchun faxriy «Oskar» mukofotini oldi
13:31 / 12.10.2025
Aktrisa Dayan Kiton vafot etdi
09:03 / 03.07.2025