Jamiyat | 09:09 / 17.12.2025
2689
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika bo‘ylab “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari e’lon qilindi

O‘zbekiston prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi - Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 2025 yil 20 dekabrdan 2026 yil 10 yanvargacha respublika miqyosida “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari o‘tkazilishini ma’lum qildi. 

Foto: gov.uz/oz/sanitation

Mazkur tadbirlar doirasida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzurida respublika ishchi shtabi tashkil etildi. Belgilangan muddatda sanitar tozalash korxonalari tomonidan hududlar qattiq maishiy chiqindilardan tozalanishi belgilangan

Shuningdek, mahalla hududlarida tozalik talablariga rioya etilishini ta’minlash, bayram kunlarida chiqindilar to‘planib qolishining oldini olish hamda chiqindilarni reja-grafikdan tashqari navbatchilik asosida o‘z vaqtida olib ketish bo‘yicha choralar ko‘rilishi qayd etilgan. 

Tashabbusning asosiy maqsadi aholining Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishi uchun sharoit yaratish, atrof-muhitni ozoda saqlash va ekologik vaziyatni yanada yaxshilashga hissa qo‘shishdan iborat. Shuningdek, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik zarurligi eslatilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid