Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq ro‘yxatidan o‘tmagan xorijiy onlayn platformalar bloklanishi mumkin
2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat yuritayotgan xorijiy onlayn kompaniyalarga cheklovlar qo‘llanadi. Ularga ro‘yxatdan o‘tish uchun 30 kun beriladi.
Foto: iStock
Keyingi yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda soliq organida ro‘yxatdan o‘tmasdan fuqarolarga elektron tarzda xizmat ko‘rsatuvchi yoki tovarlar sotadigan xorijiy kompaniyalar o‘z faoliyatida cheklovlarga duch kelishi mumkin. Bu prezidentning 10 dekabrdagi «Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatuvchi va tovarlar sotuvchi chet el yuridik shaxslari soliq organida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgani aniqlanganda, ularga ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Agar kompaniya 30 kun ichida bu talablarga javob bermasa, uning mamlakatdagi faoliyati cheklanishi mumkin.
Soliq qo‘mitasining Gazetaʼga tushuntirishicha, qo‘mita nomidan xorijiy yuridik shaxsga rasmiy xat yuboriladi. Agar 30 kun ichida javob olinmasa yoki ariza rad etilsa, Soliq qo‘mitasi elektron tijoratni tartibga soluvchi organ — Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) bilan bog‘lanadi. Agentlik, o‘z navbatida, kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklash yoki cheklamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, 1 martga qadar soliq organlari jismoniy shaxslar — O‘zbekiston fuqarolari tomonidan xorijiy yuridik shaxslarga yuborilgan pul operatsiyalari bo‘yicha egasizlantirilgan ma’lumotlarni olish tartibini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
13:18 / 18.12.2025
1 yanvardan “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” nominatsiyasi joriy etiladi
11:40 / 16.12.2025
Ishlab chiqarish sohasida soliq tushumlari: QQS va aksiz yetakchi
11:12 / 11.12.2025
Toshkentda soliq inspektorlari 10 million so‘m pora olgan paytida ushlandi
18:54 / 10.12.2025