Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar qisqa videolarning aqliy qobiliyatga salbiy ta’sir qilishini tasdiqlashdi
Mualliflarning fikricha, yorqin va tez o‘zgaruvchan muntazam videooqim miyani “sekin” bajariladigan vazifalar – o‘qish, anglash va tahliliy fikrlash kabilarni kamroq qabul qilishga moslashtirib qo‘yadi.
Foto: Pixabay
TikTok formatidagi qisqa videolarni ko‘p tomosha qilish kognitiv funksiyalarning yomonlashishi va ruhiy sog‘lomlikning susayishiga sabab bo‘ladi. Psychological Bulletin (PB) jurnalida e’lon qilingan tadqiqot mualliflari ana shunday xulosaga kelgan.
Olimlar qariyb 100 ming kishi qatnashgan 70ta tadqiqot natijalarini tahlil qilib chiqishdi. Tadqiqotlarda bir necha soniyadan ikki daqiqagacha davom etuvchi qisqa videoroliklarning ta’siri o‘rganilgan.
Tahlillar qisqa videolarga mukkasidan ketish kognitiv faoliyatga salbiy ta’sir qilishini ko‘rsatdi. Birinchi navbatda gap diqqatni jamlashning pasayishi va impulsiv reaksiyalarni nazorat qilish qobiliyatining susayishi haqida bormoqda. Oddiyroq aytganda, faol foydalanuvchilar e’tiborni jamlash va o‘z hislarini nazorat qilishga qiynalishadi.
Mualliflarning fikricha, yorqin va tez o‘zgaruvchan muntazam videooqim miyani “sekin” bajariladigan vazifalar – o‘qish, anglash va tahliliy fikrlash kabilarni kamroq qabul qilishga moslashtirib qo‘yadi.
Qisqa videoroliklar ruhiy salomatlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi. Inson qisqa videolarni qanchalik ko‘p tomosha qilsa, unda xavotir, tushkunlik va stress alomatlari, uyqu buzilishi shunchalik ko‘p uchraydi.
Tadqiqotchilarning qayd etishicha, insonni junbushga keltiruvchi tusdagi kontentlar va videolar tasmasini to‘xtovsiz aylantirish uxlashga xalaqit beradi hamda dam olishga mo‘ljallangan vaqtni sovuradi.
Mavzuga oid
16:19 / 31.10.2025
O‘zbekistonda taqiqda bo‘lgan TikTok qanday qilib soliq to‘layapti?
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
07:13 / 19.09.2025
Donald Tramp: TikTok AQShda ishlashda davom etadi
19:55 / 15.09.2025