Jamiyat | 21:42 / 21.12.2025
750
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan

Eng kam tug‘ilishlar Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida kuzatilgan.

Foto: Freepik

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda 664,6 mingta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, hududlar kesimida eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, bu davrda 80 903 ta tug‘ilish ro‘yxatga olingan.

Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo (75 116 ta) va Farg‘ona (74 614 ta) viloyatlari  qayd etilgan.

Yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyatida 61 128, Andijon viloyatida 60 131, Namangan viloyatida 57 881, Toshkent viloyatida 49 007 va Toshkent shahrida 47 703 chaqaloq dunyoga kelgan.

Xorazm viloyatida 33 011, Buxoro viloyatida 32 624, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 29 523, Jizzax viloyatida 28 484 ta tug‘ilish qayd etilgan.

Eng kam tug‘ilishlar Navoiy (18 594 ta) va Sirdaryo (15 879 ta) viloyatlarida kuzatilgan.

Mavzuga oid