Ayollar dunyosi | 09:31 / 22.12.2025
3043
1 daqiqa o‘qiladi

1 yanvardan tadbirkor ayollar uchun yangi moliyaviy instrumentlar joriy etiladi

Qonunchilikka ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan HAMROH tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha mexanizmlar amalga kiritiladi.

Foto: yuz.uz

Qonunchilikka muvofiq, HAMROH dasturi doirasida xotin-qizlar tadbirkorligini rag‘batlantirish maqsadida qator qo‘shimcha instrumentlar joriy etiladi.

Kredit ajratish mexanizmi: tijorat banklari ta’sischilari tarkibida ayollar ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan va (yoki) rahbari ayol kishi hisoblangan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlarining kamida 10 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga kredit ajratadi. Kredit stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan 10 foiz punkt yuqori stavkagacha, miqdori esa BHMning 25 ming baravarigacha belgilanadi.

Kafillik (kafolat) berish: «Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi» AJ tomonidan tijorat banklari kreditlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismiga kafolat (kafillik) taqdim etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid