Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada jangarilar qo‘lidan yana 130 nafar maktab o‘quvchisi ozod qilindi
Nigeriyada katolik internat-maktabining yana 130 nafar o‘quvchisi muassasaga hujum qilgan jangarilar qo‘lidan ozod qilindi. Bu - o‘g‘irlab ketilgan 303 nafar bolaning so‘nggilari ekani aytildi. Bu haqda mamlakat prezidenti vakili ma’lum qildi.
Nigeriyada noyabr oxirida jangarilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan 303 nafar boladan yana 130 nafari — katolik internat-maktabining o‘quvchilari ozod qilindi. Bu jangarilar qo‘lida qolgan so‘nggi maktab o‘quvchilari edi. Bu haqda Nigeriya prezidentining vakili yakshanba kuni, 21 dekabrda X ijtimoiy tarmog‘ida bayonot e’lon qildi, u bayonotga bolalarning suratini ham ilova qilgan.
“Niger shtatidan o‘g‘irlab ketilgan yana 130 nafar o‘quvchi ozod qilindi. Asirlikda hech kim qolmadi”, — deyiladi xabarda. Postda bolalar qanday qilib jangarilar qo‘lidan qutqarib olingani haqida tafsilotlar keltirilmagan.
22 noyabr kuni Nigeriya Xristianlar assotsiatsiyasi Niger shtatidagi Papiri aholi punktida joylashgan internat-maktabdan 303 nafar o‘quvchi va 12 nafar o‘qituvchi o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergan. Keyinroq jangarilar asirligidagi 50 nafar kishiga qochib qutulgani ma’lum qilindi.
7 dekabr kuni mahalliy Channels Television telekanali, shuningdek AFP agentligi bir-biridan mustaqil ravishda 100 nafar bola ozod etilgani haqida xabar qilgan.
Nigeriyada qurollangan to‘dalar ko‘p yillardan beri mamlakatning shimoli-g‘arbiy va markaziy qismidagi qishloq hududlarida odamlarni tovon puli uchun o‘g‘irlab keladi. Bunday hujumlar oqibatida minglab odamlar halok bo‘lgan. To‘dalar bir nechta shtat hududlarini qamrab olgan keng o‘rmonzor hududlarda yashirinib yuradi.
Eng katta rezonansga sabab bo‘lgan holatlardan biri 2014 yil aprelida sodir bo‘lgan. O‘shanda “Boko Haram” terroristik guruhi jangarilari Chibok shahridagi litseydan 276 nafar qiz o‘quvchini o‘g‘irlab ketgan. Keyinchalik ko‘pchiligi terrorchilardan qochib qutulgan yoki muzokaralar natijasida ozod etilgan. Amnesty International huquqni himoya qilish tashkilotining 2024 yilga oid ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘irlab ketilgan 82 nafar qiz hanuzgacha topilmagan.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
07:58 / 06.05.2026
Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat «aqlli» kameralar orqali nazorat qilinadi
11:37 / 28.04.2026
“Endi piyoda borishmaydi” - chekka joylardagi maktablarga avtobuslar topshirildi
10:06 / 25.04.2026