Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
Davlat rahbari «Pulkovo» xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrifi doirasidagi tadbirlar 22 dekabr kuni yakunlandi.
21 dekabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.
Davlat rahbariga, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlariga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi va «Ermitaj» davlat muzeyi bilan tanishdi.

Davlat rahbari amaliy tashrifini yakunlab, «Pulkovo» xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Mavzuga oid
16:18
Xitoy dronlarni Rossiyaga Tailand orqali yetkazib berishni boshladi
14:13
Odessada RF dronlari turar joylar va o‘quv muassasasiga zarar yetkazdi
13:36
Kiyevda RF dengiz piyoda askari asirlarni otib o‘ldirgani uchun umrbod qamoqqa hukm qilindi
11:28