Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noyabr oyida avtobozor: sotuvlar tendensiyasi va asosiy ko‘rsatkichlar
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yil noyabr oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston avtomobil bozorining holatiga doir yangilangan tahlilni e’lon qildi. Unda birlamchi bozorda o‘sish, ikkilamchi bozorda esa pasayish tendensiyasi qayd etilgan.
Tahlilga ko‘ra, birlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi yillik hisobda 15 foizga oshgan. Bu o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan taxminan 4,4 ming donaga ko‘pdir.
Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar segmentida realizatsiya hajmi taxminan 30 ming donani tashkil etib, yillik hisobda 13,6 foizga o‘sgan.
Ikkilamchi bozorda esa noyabr oyida taxminan 52 mingta foydalanilgan yengil avtomobil realizatsiya qilingan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga kam.
Qayd etilishicha, ikkilamchi bozorda elektromobillar realizatsiyasi yillik hisobda 1,8 barobarga oshgan.
Mavzuga oid
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
17:27 / 30.05.2026
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
16:32 / 14.05.2026