Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev Qozog‘istonni tinchlik muzokaralari maydoni sifatida taklif qildi
Qozog‘iston Rossiya-Ukraina harbiy mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar uchun maydon taqdim etishga tayyor, dedi respublika prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda.
Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida To‘qayev Qozog‘iston tinchlik jarayonida vositachi emasligini, biroq zarurat tug‘ilganda «yaxshi niyat ruhida» muzokaralar maydonini taqdim etishga tayyorligini ta’kidladi.
Qozog‘iston prezidenti mojaroni hal qilish murakkabligini aytib, unda hududiy masala «ustunlik» qilayotganini va «maydondagi» real vaziyatni hisobga olgan holda har ikki tomondan murosaga kelishni talab etishini qo‘shimcha qildi. U barcha tomonlarni sabr-toqat, moslashuvchanlik va professionallik ko‘rsatishga va tinchlikka erishish uchun yechim izlashni davom ettirishga chaqirdi.
To‘qayev, press-relizda aytilishicha, AQSh prezidentiga «bir qator xalqaro harbiy mojarolarga barham berish va AQShning ichki salohiyatini mustahkamlashda ijobiy natijalarga erishish» imkonini bergan Trampning yetakchilik fazilatlarini alohida ta’kidladi.
AQSh noyabr oyi oxirida Ukrainadagi mojaroni hal qilish rejasini taqdim etgandi. Keyingi oy davomida mojaro tomonlari va G‘arb davlatlari vakillari uning shartlarini muhokama qildi. So‘nggi aloqalardan biri o‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tdi: AQSh va Rossiya vakillari 20-21 dekabr kunlari uchrashdi; Ukraina delegatsiyasi 19-21 dekabr kunlari amerikalik va yevropalik muzokarachilar bilan rejani muhokama qildi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uchrashuvda AQSh Ukraina, Rossiya va Yevropa bilan bevosita muzokaralar o‘tkazishni taklif qilgan. Kiyev bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sentabr oyida Zelenskiy bilan ikki tomonlama uchrashuv ehtimoliga izoh berib, uni o‘tkazish mumkinligini, biroq buning uchun Ukraina rahbari Moskvaga kelishi kerakligini aytgandi. Keyin Kreml uchrashuv «taslim bo‘lish uchun emas, balki suhbat uchun» o‘tkazilishini ta’kidladi.
Zelenskiy esa Rossiyaga borishdan bosh tortdi. «Bu men uni Kiyevga kelishi kerak, deganim bilan bir xil», deb tushuntirdi u.
Mavzuga oid
20:24 / 23.12.2025
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi
18:22 / 23.12.2025
Tramp To‘qayevga Oq uyning «ramziy kaliti»ni sovg‘a qildi
17:17 / 23.12.2025
AQShni ixtiyoriy tark etgan noqonuniy migrantlarga 3000 dollardan pul beriladi
15:57 / 23.12.2025