Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘l talashish janjalga aylandi: Chilonzordagi holatga rasmiy izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar haydovchi va ularning yo‘lovchilari o‘rtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan mutasaddi idoralar rasmiy ma’lumot berib, janjal ma’muriy tartibda rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.
Foto: Videodan kadr
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 21 dekabr kuni taxminan soat 23:30 larda Chilonzor tumani, KHAY ko‘chasida ikki Cobalt avtomashinasi haydovchilari o‘rtasida yo‘l talashish holati yuz bergan. Holatda 2002 yilda tug‘ilgan avtomashina haydovchisi A.A. (yo‘lovchilari: 2001 yilda tug‘ilgan R.U. va 1988 yilda tug‘ilgan S.J.) hamda 2000 yilda tug‘ilgan avtomashina haydovchisi A.A. (yo‘lovchilari: 1999 yilda tug‘ilgan Sh.A., S.N. va B.S.) ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, tomonlar yo‘lning qatnov qismida o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzgan. Hodisa natijasida tan jarohati bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan fuqarolar aniqlanmagan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Yakunda huquq-tartibot idoralari haydovchilarni yo‘llarda harakatlanish madaniyatiga rioya qilish, nizolarga berilib ketmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
18:18 / 18.12.2025
Tanqiddan so‘ng: taftish instansiyasi ajrimi bilan Akmal Shukurov qamoqqa qaytarildi
11:22 / 26.11.2025
Toshkentda mast holda bezorilik qilgan shaxs qo‘lga olindi
20:56 / 25.10.2025
Moskvada migrantlarning ommaviy mushtlashuvidan keyin 40 kishi ushlandi
10:59 / 24.10.2025