Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chernobil AES direktori sarkofagga tahdid borligidan ogohlantirdi
Hatto bilvosita zarba ham stansiya ustidagi himoya inshootining vayron bo‘lishiga olib kelishi mumkin, dedi ChAES direktori. 2025 yil fevralda mazkur qoplama Rossiya droni zarbasi oqibatida qisman vayron bo‘lgan.
Foto: Patrick Ahlborn/DeFodi Images/picture alliance
Chernobil atom elektr stansiyasining to‘rtinchi energobloki ustidagi himoya konstruksiyasi — 2025 yil boshida Rossiya zarbasi natijasida shikastlangan inshoot — hozir ham o‘ta zaif va xavfli holatda qolmoqda, Rossiya tomonidan yangi zarba berilsa, u butunlay vayron bo‘lishi mumkin. Bu haqda 23 dekabr, dushanba kuni Chernobil AES direktori Sergey Tarakanov AFP agentligiga ma’lum qildi.
Tarakanovning aytishicha, hatto to‘g‘ridan to‘g‘ri urilmagan, bilvosita ta’sir ham sarkofag bardosh bera olmasligi mumkin bo‘lgan seysmik tebranishlarni keltirib chiqaradi. “Agar raketa yoki dron unga bevosita urilsa, yoki hatto yaqin atrofga tushsa — masalan, ‘Iskander’ — bu hududda kichik zilzilaga o‘xshash silkinish keltirib chiqaradi, — dedi Tarakanov. — Shundan keyin himoya inshooti tik turgan holda qolishini hech kim kafolatlay olmaydi. Asosiy tahdid ham shu”.
Chernobildagi atom elektrostansiyasi qoldiqlari 1986 yilgi halokatdan keyin shoshilinch tarzda qurilgan po‘lat va betondan iborat ichki radiatsiyadan himoya qoplamasi (“sarkofag”), shuningdek 2019 yilda ishga tushirilgan yuqori texnologiyali tashqi qoplama — Yangi xavfsiz konfaynment (NBK) bilan qoplangan.
2025 yil fevralda Rossiya droni zarbasi natijasida yangi qoplamaning bir qismi qattiq shikastlangan, bu esa kuchli yong‘inga sabab bo‘lgan. “Bizning NBK o‘zining bir qator asosiy funksiyalarini yo‘qotdi. Va biz bu funksiyalarni tiklash uchun kamida uch-to‘rt yil kerak bo‘lishini tushunyapmiz”, — deya qo‘shimcha qildi Tarakanov.
Dekabr oyi boshlarida Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) inspektorlari Chernobil AESning yangi himoya konstruksiyasi “asosiy xavfsizlik funksiyalarini, jumladan izolyatsiya (ajratib turish) imkoniyatini ham yo‘qotgani”ni aniqlagan.
Shu bilan birga, ChAES direktoriga ko‘ra, obektdagi radiatsiya darajasi “barqaror va me’yor doirasida” qolmoqda. Tarakanov dron urilgan joyda paydo bo‘lgan teshik berkitilganini ham aytdi.
https://www.dw.com/ru/na-cernobylskoj-aes-predupredili-ob-ugroze-razrusenii-sarkofaga/a-75290934
Mavzuga oid
15:40 / 26.11.2025
AEXA Zaporijjya AESga alohida maqom berishni talab qilmoqda
10:44 / 10.11.2025
O‘zbekiston Vena konvensiyasiga qo‘shilish hujjatini AEXAga topshirdi
14:13 / 24.10.2025
Ukraina ZAESga elektr uzatish liniyalaridan birini tikladi
10:16 / 15.10.2025