Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dekabr oyi boshidan beri propan 10 foizga qimmatlashdi
Metan-shoxobchalardagi cheklovlar va benzin narxining oshishi fonida birjada propan bahosi ham sezilarli darajada ko‘tarildi.
Foto: Yandex Maps
Xususan, 1 dekabr holatiga propanning 1 tonnasi o‘rtacha 7 mln 31,6 ming so‘mdan sotilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 24 dekabrga kelib 7 mln 735,7 ming so‘mgacha oshgan. Ya’ni 24 kun davomida ushbu mahsulot bahosi 10 foizga ko‘tarilgan.


Iqtisodchi Otabek Bakirovning e’tibor qaratishicha, birjadagi narx oshishi chakana savdodagi narxlarda ham aks eta boshlagan. Xususan, chakana shoxobchalarda propanning litri oy boshida 5 500 – 5 600 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, shu kunlarda narx 6 100-6 200 so‘mgacha ko‘tarilgan.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, propan narxi noyabr oyida 7,4 foizga qimmatlashgan bo‘lsa, yillik hisobda 20,8 foizga arzonlashlashgan.
Mavzuga oid
12:43 / 03.03.2026
Gaz uchun qishki mavsumdagi limit barcha hududlarda 15 martgacha uzaytirildi
18:49 / 02.03.2026
Taxiatosh IES davlat ixtiyoriga qaytariladi
15:20 / 26.02.2026
Orban Kiyevni Vengriya energetikasiga hujumlar rejalashtirishda aybladi
09:28 / 25.02.2026