Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ko‘mir ta’minot” Namangan filialida pora olish holati fosh etildi
Namangan viloyatida “Ko‘mir ta’minot” MChJ viloyat filiali boshlig‘i o‘rinbosari ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash va ko‘mir vagonlari sonini oshirib berish bahonasida fuqarodan 40 ming AQSh dollari talab qilgan. U vositachi orqali pulni olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi.
Foto: Videodan kadr
Namangan viloyatida “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati viloyat filiali boshlig‘i o‘rinbosari o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni tumanlardan biridagi ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash hamda omborga keluvchi ko‘mir ortilgan yuk vagonlari sonini ko‘paytirib berish evaziga 40 000 AQSh dollari talab qilgan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 dekabr kuni u so‘ralgan mablag‘ning 25 000 AQSh dollarini filial ishchisi orqali olib, fuqaroni ombor mudiri lavozimiga tayinlanishini ta’minlagan.
Keyinchalik esa mansabdor shaxs qolgan 15 000 AQSh dollari, shuningdek omborga ko‘mir ortilgan 30 ta vagon yuborilgani uchun “ulush” sifatida 7 500 AQSh dollari — jami 22 500 AQSh dollari talab qilgan. Ushbu mablag‘ vositachi bo‘lgan filial ishchisi orqali olinayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan noqonuniy harakatlarga chek qo‘yilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Shuningdek, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida aholiga ko‘mir mahsulotlarini o‘z vaqtida va imtiyozli narxlarda yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
08:41 / 24.12.2025
Xivada IIB xodimi pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi
08:20 / 22.12.2025
Toshkentda advokat 2 ming dollar olayotganda ushlandi
13:04 / 20.12.2025
Navoiyda universitet mansabdori pora bilan ushlandi
08:59 / 20.12.2025