Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
AQShning besh nafar yevropalikka nisbatan vizaviy cheklovlari qo‘rqitishdir, dedi Fransiya prezidenti. Sanksiyalarga uchragan Germaniyaning HateAid NNT rahbar ayollari ham bu qarorni tanqid qildi.
Fransiya Oq uy tomonidan YeIning raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi direktivasi (Digital Services Act, DSA)ni ishlab chiqishda ishtirok etgan besh nafar yevropalikka nisbatan AQShga kirish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlarni qoralaydi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 24 dekabr, chorshanba kuni bayonot berdi.
“Bu choralar Yevropaning raqamli suverenitetiga nisbatan qo‘rqitish va majburlash hisoblanadi”, — deb yozdi Makron X ijtimoiy tarmog‘ida. U DSA Yevropa parlamenti va YeI Kengashi tomonidan demokratik jarayon doirasida qabul qilinganini ta’kidladi hamda qonun Yevropada “platformalar o‘rtasida halol raqobatni ta’minlash va onlayn muhitda allaqachon amal qilayotgan qoidalarga rioya etilishini ta’minlash” uchun qo‘llanishini aytdi.
24 dekabr kuni AQSh Davlat departamenti YeI ichki bozor masalalari bo‘yicha sobiq komissari Terri Bretonga, Britaniyadagi Global Disinformation Index (GDI) nodavlat tashkiloti rahbari Kler Melfordga, Germaniyadagi HateAid nodavlat tashkiloti rahbarlari Anna-Lena fon Xodenberg va Jozefine Ballonga, shuningdek, Vashingtondagi Raqamli nafratga qarshi kurash markazi (CCDH) ijrochi direktori, britaniyalik Imran Axmedga kirish vizalarini berishdan bosh tortishga qaror qildi. Oxirgisiga AQShda qolish (turar joyda bo‘lish) huquqidan mahrum etilish xavfi tug‘ilishi mumkin.
AQSh davlat kotibi Marko Rubio sanksiyalar qo‘llangan shaxslarni “radikal faollar” deb atab, ular “o‘z mavqeidan foydalanib, amerikalik shaxslar va kompaniyalarga qarshi qaratilgan senzura choralarini ilgari surganini” aytdi.
Internetda nafratga qarshi kurash bilan shug‘ullanadigan Germaniyaning notijorat tashkiloti HateAid rahbarlari AQSh Davlat departamenti ayblovlarini qat’iy rad etdi. “Bizning ishimiz senzuraga hech qanday aloqador emas. Aksincha, biz internetda qonunlarga rioya etilishini va odamlar aynan shu qonunlar doirasida o‘z fikrini erkin bildirishi mumkin bo‘lishini istaymiz”, — dedi 24 dekabr kuni Jozefine Ballon.
Ushbu nemis NNTning yana bir rahbari Anna-Lena fon Xodenberg esa kirish taqiqi HateAid AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga “tegib ketganini” ko‘rsatishini bildirdi. Fon Xodenberg, YeI qonunchiligini izchil amalga oshirish katta platformalarga katta mablag‘larga tushishi sababli, bu yerda yirik platformalarning iqtisodiy manfaatlari xatar ostida turganini ta’kidladi.
Huquq himoyachisi aytishicha, hozir HateAid xodimlari tashkilotning bank hisoblari qanchalik himoyalanganini tekshirmoqda. Ular AQShdan bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar NNTga nisbatan qo‘shimcha choralar ko‘rishi mumkinligidan xavotirda.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026