Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narkojinoyatlarga qarshi kurash umummilliy harakatga aylantiriladi
Giyohvandlik xavfi aholi genofondi uchun katta tahdid sifatida qayd etilar ekan, narkosavdo transchegaraviy va virtual tus olayotgani munosabati bilan kurash usullari yangilanishi ma’lum qilindi. Yaqinda qabul qilingan Milliy dastur asosida narkojinoyatlarga qarshi murosasiz muhit yaratish maqsad qilingan.
Prezident giyohvandlik xavfi tobora kuchayib, globallashuv sharoitida bu xavf O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmayotganini ta’kidladi. Aytilishicha, narkotik savdosi transchegaraviy hamda virtual xarakterga ega bo‘lib borayotgani jinoyatlarni aniqlashda yangi usullarni qo‘llash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashni talab qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur yo‘nalishda yaqinda Milliy dastur qabul qilingan. Endi narkojinoyatlarga qarshi kurash umummilliy harakatga aylantirilib, jamiyatda bu illatga nisbatan murosasiz muhit shakllantiriladi.
Davlat rahbari yoshlarni giyohvandlik xavfidan asrash, giyohvandlikni tag-tomiri bilan yo‘qotish va yoshlarda ma’naviy-ruhiy immunitetni kuchaytirish bo‘yicha barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilishini bildirdi.
Mavzuga oid
09:41 / 03.03.2026
Toshkent va Sirdaryoda narkojinoyatlar zanjiri fosh etildi
13:51 / 27.01.2026
Narkotik kanallari ortida turgan «homiylar»gacha yetib borishda mas’ullarda qat’iyat yo‘q - prezident
13:11 / 08.11.2025
Narkojinoyatlar uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi
17:46 / 03.11.2025