Prezident narkojinoyatçilik va uyuşgan guruhlarga qarşi kuraş böyiça narkokanallarning oxirgi manbasi va homiylarigaça yetib boriş uçun mas’ullarda qat’iyat yöqligini tanqid qildi.
Poytaxtda narkojinoyatlarning soni 4 mingdan oşgan. Qölga olingan 112 ta uyuşgan jinoiy guruh 1 ming 300 dan ortiq jinoyat sodir etgan.
Mazkur jinoyatlar uçun aybli deb topilganlar jazoni yarmini ham ötamasdan ozodlikka çiqmoqda. Oqibatda bu jinoyatni takroran qilganlar uç yilda 125 foizga köpaygan.
Prezident Administratsiyasi şuğullanişni boşlagandan keyin bu masalada özgariş bölgani ta’kidlandi. Sönggi uç oyda respublika böyiça 50 ga yaqin yirik narkoguruhlar qölga olinib, yarim tonna narkotiklar muomalasiga çek qöyildi.
«Eng yomoni, çet davlatlarda ham özimizning fuqarolar uyuşgan guruhlar tuzib, yurtimizdan borganlarga nisbatan tovlamaçilik, zöravonlik, tadbirkorligiga raxna soliş bilan şuğullanyapti. Özbeklarning çet eldagi ommaviy muştlaşuvlari yurtimiz obrösiga putur yetkazyapti», – dedi davlat rahbari.
Ötgan yilning özida çet elda oğir ahvolga tuşgan 3 ming 700 nafar fuqarolarimiz mamlakatga qaytarildi. 192 nafar fuqaro odam savdosi qurboniga aylangan.
Çet elga borib olib, uyuşgan jinoiy guruhlar taşkil qilgan, u yerda Özbekiston fuqarolarini ham talayotgan şaxslar faoliyatiga çek qöyişdagi sustkaşliklar tanqid qilindi.
Bundan taşqari, ilgari faqat «köça» deb körilgan uyuşgan jinoyatçilik bugun «biznes niqobi» ostida daromadli sohalarga kirib boryapti. Ayniqsa, jinoiy tödalar faoliyati köp qavatli uylar va avtomaşinalar oldi-sotdisi, moliyaviy piramidalar taşkil qiliş, Haj va Umra ziyoratiga yuborişda ança köpaygan.
Şaharda xonadon sotiş masalasida 3 mingdan ziyod fuqaroga 1,3 trillion söm zarar yetkazilgan.
Mas’ullar aholining firibgarlar qopqoniga tuşib qolmasligi uçun huquqiy savodxonligini oşiriş böyiça işlamayotgani körsatib ötildi.












