Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi hamda içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir natijasida sintetik giyohvand moddalar tayyorlaş va tarqatiş bilan boğliq jinoiy faoliyatga çek qöyildi.
Tezkor tadbir davomida 1979 yilda tuğilgan şaxs Toşkent şahri hududidagi köp qavatli uylar yölaklari va boşqa joylarga xorijdan olib kelingan giyohvandlik vositalarini berkitib ketayotgan vaqtida uşlandi.
Xolislar iştirokida uning yoni va avtotransport vositasi közdan keçirilganda, 15 dona kiçik bölaklarda “Al’fa PVP” va 24 dona bölaklarda “Mefedron” giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.
Şuningdek, uning yaşaş xonadoni közdan keçirilib, uyning yertöla qismida narkolaboratoriya taşkil etilgani ma’lum böldi. Tezkor tadbirlar natijasida jami 2,8 kg giyohvand moddalar, 11,5 litr prekursorlar hamda narkolaboratoriya uçun zarur anjomlar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Bundan taşqari, gumonlanuvçining telefonidagi geolokatsiya ma’lumotlari asosida Sirdaryo viloyati Xovos tumani hududida xufiya joyga yaşirib qöyilgan, sintetik narkotiklar tayyorlaşda foydalaniladigan 49,9 kg va 48 litr prekursorlar ham topilib, musodara qilindi.
Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelinsa, Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qiliş mumkin. Şaxsning sir saqlanişi kafolatlanadi.












