Iqtisodiyot | 15:05
1097
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston eksportida Rossiya yetakchi: 11 oyda 4 mlrd dollar

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 30,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,2 foizga yuqori.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eksport yo‘nalishlari kesimida eng katta ulush Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelib, 11 oyda ushbu mamlakatga 4 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilingan. Shuningdek, Xitoy, Afg‘oniston va Qozog‘iston ham O‘zbekiston eksportida yirik hamkorlar qatorida qolmoqda.

Hisobot davrida O‘zbekiston eksportida ulushi yuqori bo‘lgan top-10 davlatlar (AQSh dollarida):

  • Rossiya — 4 mlrd;
  • Xitoy — 1,9 mlrd;
  • Afg‘oniston — 1,3 mlrd;
  • Qozog‘iston — 1,3 mlrd;
  • Turkiya — 1 mlrd;
  • Fransiya — 775,8 mln;
  • BAA — 642,7 mln;
  • Qirg‘iziston — 560,4 mln;
  • Tojikiston — 531,8 mln;
  • Pokiston — 321,8 mln.

Qayd etilishicha, keltirilgan raqamlar eksport geografiyasining kengayib borayotganini ham ko‘rsatadi: an’anaviy hamkorlar bilan birga Yevropa va Yaqin Sharq davlatlari hissasi ham sezilarli saqlanib qolmoqda.

Mavzuga oid