O‘zbekiston | 13:28 / 26.12.2025
1753
2 daqiqa o‘qiladi

Tergov sudyalari vakolati kengayadi

Sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlashtirish doirasida “raqamli sud” konsepsiyasi tatbiq etilib, tergov jarayonini raqamlashtirish orqali inson huquqlari himoyasi kuchaytiriladi. 2026 yildan esa tergov sudyalariga sanksiya va majburlov choralarini o‘zgartirish hamda bekor qilish vakolatlari beriladi.

Sud-huquq tizimini isloh qilish va uning ochiqligi hamda adolatli ishlashini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ma’lum qilindi. Odil sudlov jarayoni “raqamli sud” konsepsiyasi asosida tashkil etilayotgani, bu jarayonda tergovni ham raqamlashtirish orqali inson huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsad qilingani qayd etildi.

Rejaga ko‘ra, jinoyat haqidagi arizani qabul qilishdan tortib, ishni sudga o‘tkazishgacha bo‘lgan bosqichlarda sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi. Bu orqali inson omilini kamaytirish, jarayonlarning shaffofligi va nazoratini kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, mamlakatda tergov sudyalari ish boshlagani xalqaro tan olingan “xabeas korpus” institutini qo‘llashning navbatdagi muhim bosqichi bo‘lgani ta’kidlandi. Ma’lum qilinishicha, 2026 yildan tergov sudyalariga sanksiya va majburlov choralarini o‘zgartirish hamda bekor qilish vakolatlari ham beriladi.

Fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash, tergov jarayonlaridagi asossiz cheklovlar oldini olish hamda sud nazoratini kuchaytirish mazkur o‘zgarishlarning asosiy maqsadlaridan biri ekani bildirildi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid