Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sebzorda avtomobil yonib ketdi: jarohatlanganlar yo‘q
26 dekabr kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Toshkent shahar FVBBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, qutqaruvchilar hodisa joyiga tezkor yetib borib, yong‘inni qisqa vaqt ichida o‘chirgan.
Ma’lum qilinishicha, 26 dekabr kuni soat 19:42 da Shayxontohur tumani Sebzor dahasi, 18A-uy oldida avtomobil yonayotgani haqida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 19:48 da yetib borgan. Yong‘in soat 19:51 da to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
22:36
Mashina sizniki, rulda boshqa odam: jarima balli haqiqiy huquqbuzarga yozilishi uchun nima qilish kerak?
14:51 / 31.03.2026
Toshkentdagi barcha avtomobillarga yil oxirigacha eko-stiker beriladi
22:32 / 27.03.2026
Cobalt va Damas sotuvi pasaydi, Yuan Up’ga talab keskin oshgan. O‘zbekiston avtomobil bozori sharhi
15:24 / 25.03.2026