O‘zbekiston | 17:48
1171
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: “Ochiqlik siyosatidan hech qachon ortga qaytmaymiz”

“Hamma o‘ng qulog‘i bilan ham, chap qulog‘i bilan ham eshitib olsin: ochiqlik siyosatidan hech qachon ortga qaytmaymiz. So‘z va matbuot erkinligini ta’minlash bizda ustuvor vazifa bo‘lib qolgan va qoladi ham”, – dedi prezident xalqqa murojaatida. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning 5 yillik strategiyasi ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni parlament va xalqqa qilgan murojaatida so‘z erkinligi siyosatidan ortga qaytilmasligini aytdi.

“Yana bir marta ochiq aytmoqchiman. Hamma o‘ng qulog‘i bilan ham, chap qulog‘i bilan ham eshitib olsin. Yurtimizda keng ko‘lamli yangilanishlar davrida, Yangi O‘zbekiston davrida ochiqlik siyosatidan hech qachon ortga qaytmaymiz. Bu – birinchi masala. So‘z va matbuot erkinligini ta’minlash bizda ustuvor vazifa bo‘lib qolgan va qoladi ham. Shuni hamma bilishi kerak”, – dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning 5 yillik strategiyasi ishlab chiqilishini ma’lum qildi.

“Islohotlar samaradorligini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli muhim. Shu bois ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat kelgusida ham izchil davom ettiriladi. Xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik strategiya ishlab chiqiladi. Ushbu institutlarga ijtimoiy buyurtma berish tizimi raqamlashtirilib, moliyalashtirish hajmi 2 karra oshiriladi.

Bundan tashqari, xayriya tashkilotlarini tuzish tartibi soddalashtiriladi, hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlari takomillashtiriladi”, – dedi prezident.

Mavzuga oid