Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoga tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
2030 yilgacha Angren–Pop hamda Toshguzar–Boysun–Qumqo‘rg‘on temiryo‘l uchastkalarini modernizatsiya qilish orqali Andijon, Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlariga tezyurar elektropoyezdlar qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan.
2025 yil 27 dekabr kuni “2030 yilga qadar temiryo‘l transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori (PQ–391-son) qabul qilindi. Hujjat mahalliy temiryo‘l yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashish hajmlarini oshirish, elektropoyezdlar qatnovi qamrovini kengaytirish hamda xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Qarorga ko‘ra, 2030 yilgacha temiryo‘l transportida mahalliy yo‘nalishlarda yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichini 10,5 mln nafardan 23,5 mln nafargacha oshirish, elektropoyezdlar qatnovi tashkil etilgan yo‘nalishlar sonini esa 40 tadan 53 taga yetkazish maqsad qilib belgilangan.
Ustuvor vazifalar sifatida, Angren–Pop hamda Toshguzar–Boysun–Qumqo‘rg‘on temiryo‘l uchastkalarini modernizatsiya qilgan holda 2030 yilgacha Farg‘ona vodiysi viloyatlari — Andijon, Namangan va Farg‘ona, shuningdek, Surxondaryo viloyatiga tezyurar elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgani qayd etildi.
Shuningdek, qarorda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilangan. Jumladan, elektrlashtirish ishlari yakunlangan uzunligi 465 km bo‘lgan “Buxoro–Xiva” temiryo‘l liniyasi orqali 2026 yildan Toshkent–Urganch–Xiva yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlar qatnovini tashkil etish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, uzunligi 196 km bo‘lgan “Miskin–Nukus” temiryo‘lini elektrlashtirish ishlarini 2026 yil yakuniga qadar tugatish hamda mazkur yo‘nalishlarda yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlar qatnovini tashkil etish belgilangan.
Mavzuga oid
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
20:37 / 03.06.2026
Surxondaryoda tug‘ilgan to‘rt oyoqli chaqaloq murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tdi
18:26 / 03.06.2026