Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy soliq tushumlarini taqsimlash miqdorlari belgilandi
2026 yil 1 yanvardan ijtimoiy soliq tushumlarini jamg‘armalar o‘rtasida taqsimlashning yangi miqdorlari joriy etiladi. Shu bilan birga, ayrim mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha hisoblangan summalarga cheklov belgilanmoqda.
Tegishli qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:
Budjet tashkilotlari bo‘yicha:
- budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 98,0 foiz;
- Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 1,2 foiz;
- Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,4 foiz;
- O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,4 foiz.
Boshqa to‘lovchilar bo‘yicha:
- budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 95,9 foiz;
- Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 2,5 foiz;
- Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,8 foiz;
- O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,8 foiz.
Shuningdek, hujjatda 2026 yil 1 yanvardan quyidagi summalar 2025 yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligi belgilandi:
- uy-joy fondining ko‘chmas mulk obektlari, shu jumladan ommaviy baholashdan o‘tkazilgan obektlarga 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq summasi;
- uy-joy fondining ko‘chmas mulk obektlari joylashgan yer uchastkalarida jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i summasi.
Mavzuga oid
14:47
2026 yil budjeti ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi
08:36 / 27.12.2025
Hukumat zaxira jamg‘armasi va maqsadli jamg‘armalar transfertlari qayta belgilanadi
19:06 / 26.12.2025
Tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar berildi
08:42 / 26.12.2025