Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada Belarusdan meteozondlar orqali kiritilgan kontrabanda topildi
Polsha chegara xizmati ma’lum qilishicha, rojdestvo dam olish kunlari davomida Belarusdan meteozondlar yordamida Polshaga 7 mingdan ortiq quti kontrabanda sigareta olib kirilgan. 2025 yil davomida polyak chegarachilari shunday 135 ta holatni qayd etgan.
Rojdestvo bayrami munosabati bilan bo‘lgan dam olish kunlarida Polsha chegarachilari Belarusdan meteozondlar orqali mamlakatga kirgan beshta paketni aniqlagan, ularda 7 mingdan ortiq qutӣ kontrabanda sigareta bo‘lgan. Bu haqda 29 dekabr, dushanba kuni mamlakatning Podlyaske bo‘limi chegara xizmati saytida xabar berildi.
Kontrabanda tovarlarining umumiy qiymati 120 ming zlotiydan (qariyb 30 ming yevro) oshgan. Hozir polyak huquq-tartibot organlari zondlarni kim uchirgani va Polshada bu yukni kim qabul qilishi kerak bo‘lganini aniqlamoqda.
Polshadagi RMF radiostansiyasi ma’lumotiga ko‘ra, katolik Rojdestva arafasida 59 ta kontrabanda yukli havo shari Polshaga uchib kirgan. Noqonuniy olib kirilgan sigaretalarning katta qismi Podlyaske voyevodligida topilgan, yana bir necha shunga o‘xshash holat Lyublin voyevodligida kuzatilgan. Lyublindagi holatlardan birida yukli zond elektr uzatish liniyalarini uzib ketgani oqibatida mahalliy aholining bir qismida elektr ta’minoti uzilgan.
Polsha chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yil davomida kontrabanda sigaretalarni shu usulda olib kirishga 135 marta urinish bo‘lgan. Musodara qilingan sigaretalarning taxminiy qiymati 3,4 mln zlotiydan (qariyb 804 ming yevro) oshadi.
Litva Davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati ma’lumoticha, 2025 yil boshidan beri Belarusdan Litva havo hududiga meteozondlar kirib kelgan yuzlab holatlar qayd etilgan. Kuzda ular Vilnyus va Kaunas xalqaro aeroportlarigacha yaqin kela boshlagani sababli, bir necha bor parvozlarga cheklovlar joriy etilgan.
Ushbu holatlar fonida Litva hukumati oktyabr oxirida Belarus bilan quruqlikdagi chegarani vaqtincha yopgan. Shundan keyin Minsk Litva raqamli yuk mashinalarining Yevropaga chiqishini yopgan. Noyabrda chegara qayta ochilgan. Biroq 9 dekabr kuni Litva kontrabanda yuklangan havo sharlari sabab favqulodda holat rejimini e’lon qildi.
Shunga qaramay, bir necha kun o‘tib Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko AQSh prezidentining maxsus vakili Jon Koul bilan muzokaralar chog‘ida meteozondlar Belarus–Litva chegarasi orqali uchib o‘tishini to‘xtatish uchun “imkoni boricha barcha choralarni ko‘rish”ini va’da qilgan.
Mavzuga oid
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
21:45 / 07.05.2026