Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Salom, aya!» - qishloqdan Amerikaga sayohat | Manzil
«Manzil»ning qishloqlardan, tog‘-u toshlardan boshlangan yo‘li bu gal okean ortiga, Amerika Qo‘shma Shtatlariga olib bordi. Bu galgi sayohat ko‘pchilik ko‘rishni orzu qiladigan Nyu Yorkdan boshlanib, Pitsburg, Pensilvaniya o‘rmonlari orqali Vashington shahrigacha davom etdi.
Nyu York – megapolis ichidagi yashil hudud
Sayohatning ilk manzili – Nyu-York. Ko‘pchilik «dunyo poytaxti» deb biladigan bu shahar nafaqat ulkan binolari, balki shaharning qoq markazida joylashgan Central Park kabi yashil hududlari bilan ham ajralib turadi. 8,5 million aholiga ega megapolis markazida 341 gektar maydonni egallagan mazkur park sun’iy yaratilgan bo‘lsa-da, tabiiy muhitga yaqin saqlangan.
Sayohat kuz fasliga to‘g‘ri keldi, bu vaqtda sarg‘ish barglar bilan qoplangan ko‘chalar shaharga o‘ziga xos manzara va xotirjamlik bag‘ishlagandi.
Chekka qishloq bilan uzilmagan aloqa
Amerika bilan O‘zbekiston o‘rtasida 10 soatlik vaqt farqi mavjud. Loyiha muallifi Tohirjon Tursunov oilasi chekka tumanning olis qishlog‘ida yashasa-da, sayohat davomida O‘zbekistondagi yaqinlar bilan aloqa uzilmadi. «O‘ztelekom» internet sifatining chekka hududlarda ham barqaror ishlashi – mamlakatdagi raqamli infratuzilmaning rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Darvoqe, «O‘ztelekom»ning AQShdagi rouming xizmati ham bu aloqaning bir qismi bo‘ldi. Amerikaga sayohat qiluvchilarga «O‘ztelekom» rouming xizmatini tavsiya e’tib qolamiz.
Pitsburg – sanoat tarixi va o‘zbeklar hayoti
Nyu Yorkdan keyingi manzil – Pensilvaniya shtatida joylashgan Pitsburg shahri bo‘ldi. Allegeyni va Monongaxila daryolari qo‘shilib, Ohayo daryosini hosil qiladigan nuqtada joylashgan bu shahar tarixan AQShning temir sanoati markazi hisoblangan. Shu sababli u Steel City nomi bilan ham mashhur.
Bu yerda «Manzil» jamoasini asli namanganlik Ibrohim Muhammad kutib oldi va Pitsburg shahri, u yerdagi o‘zbekistonliklar bilan tinishtirdi. O‘zbeklar tomonidan ochilgan oshxonalarda mehmon bo‘ldik.
Aytish mumkinki, shaharda o‘zbek diasporasi kattagina. So‘nggi yillarda o‘zbeklar ochgan oshxona va kafelar soni ortmoqda. Milliy taomlar orqali mahalliy aholiga o‘zbek oshxonasi tanishtirilmoqda.
Trakdagi sayohat: yaxshi haq to‘lanadigan og‘ir mehnat
Pitsburgdagi sayohat davomida trak haydovchilari hayoti bilan yaqindan tanishish imkoni bo‘ldi. Amerikada ko‘plab muhojirlar ushbu soha orqali daromad topmoqda. Bir qarashda osondek tuyulgan bu kasb amalda katta mas’uliyat, jismoniy tayyorgarlik va sabr talab qiladi.
Yo‘l davomida turli shtatlar tabiati, ovqatlanish madaniyati va yo‘l infratuzilmasini kuzatdik. Shuningdek, afsonaviy bokschi Muhammad Alining Kentukki shtatida joylashgan qabri ziyorat qilindi.
Pensilvaniya o‘rmonlari va tabiiy qoyatoshlar
Sayohatning yana bir manzili – Pensilvaniya shtatidagi Bilger’s Rocks tabiiy qoyatosh majmuasi bo‘ldi. Taxminan 300 million yillik tarixga ega bo‘lgan ushbu hududdagi inson qo‘li bilan qurilgandek tasavvur uyg‘otadigan tosh devorlar kishini hayratga soladi. Bu yerda qisqa dam olish va tabiat qo‘ynida sayr qilish imkoni mavjud. «Manzil» loyihasining asosi tabiat va inson uyg‘unligi bo‘lgani tufayli, bu joy sayohatimizda o‘ziga xos maskan bo‘lib qoldi.
Vashington – siyosiy markaz
Sayohat Vashington shahrida yakunlandi. Ushbu shahar AQShning rasmiy poytaxti bo‘lib, hech bir shtat tarkibiga kirmaydi. Oq uy, Kapitoliy, Linkoln yodgorligi va Vashington monumenti kabi asosiy tarixiy va siyosiy obektlar shu yerda joylashgan.
Shahar me’moriy jihatdan ham o‘ziga xos: qonunga ko‘ra, baland binolar qurilishi cheklangan. Bu esa shahar osmonining ochiq va keng saqlanishiga xizmat qiladi.
Shu tariqa, Amerikaga sayohat o‘z nihoyasiga yetdi. Lekin ko‘pchilik sehrli diyor deb ta’riflaydigan mamlakatga keyingi safarlarda boshqa manzillarni ham o‘zimiz uchun kashf etishni maqsad qildik.
Mavzuga oid
13:39 / 02.11.2025
Surxondaryodagi ayiqlar makoni – Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i | Manzil
12:31 / 27.09.2025
Meksika orqali noqonuniy ravishda Amerikaga yuborish holati aniqlandi
07:35 / 18.07.2025
Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSh qurollariga pul to‘lamaydi
10:00 / 07.05.2025