Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh ilk bor Venesuela hududiga zarba berdi
Donald Tramp narkotrafikka qarshi kurashish uchun AQSh Venesuela hududiga zarba berganini ma’lum qildi. Vashingtondagi davlat idoralari ham, Karakasdagi hokimiyat ham bu zarba haqida hech qanday ma’lumot bermagan.
Foto: EPA/Shutterstock
AQSh tarixda ilk bor Venesuela hududiga zarba berdi. Bu haqda prezident Donald Tramp dushanba kuni, 29 dekabrda bayonot bilan chiqdi.
“Narkotiklar bilan kemalar yuklanadigan portda kuchli portlash sodir bo‘ldi, — dedi Tramp Floridada Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuv oldidan. — Biz barcha kemalarga zarba berdik, endi esa ular shu ishlarni qilib yurgan hududga zarba beryapmiz. U endi yo‘q”.
Shu tariqa Tramp 26 dekabrda aytgan so‘zlariga izoh berish so‘ralganida javob qaytardi. O‘shanda Nyu-Yorkdagi WABC radiostansiyasiga bergan intervyusida respublikachӣ shunday degan edi: “Ularda katta zavod yoki yirik obekt bor — kemalar o‘sha yerdan keladi. Ikki kun oldin biz uni zararsizlantirdik”.
AQSh harbiylari ham, Venesuela hukumati ham bunday zarba haqida rasman xabar qilmagan. Ilgari AQSh armiyasi faqat narkotik tashishda ayblagan Venesuela kemalariga hujum qilgan. Har bir shunday operatsiya Karakasda keskin tanqidga sabab bo‘lgan.
OAV uchun MRB, Oq uy va Pentagon quruqlikdagi zarba haqida izoh berishdan bosh tortdi. Tramp ham qaysi kuch tuzilmasi zarba berganini aniqlashtirishdan bosh tortdi. Oktyabrda respublikachӣ MRBga Venesuelada operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat berganini aytgan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Marakaybo shahrida joylashgan Primazol Insumos Químicos kimyo kompaniyasining zavodida portlash bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Biroq kompaniyaning o‘zi bu — elektr simlaridagi nosozlik sabab omborda chiqqan yong‘in bo‘lganini bildirdi.
CNN telekanali 30 dekabrda manbalarga tayanib xabar berishicha, oy boshida MRB Venesuela sohilidagi “uzoqroqda joylashgan obekt”ga dron orqali zarba bergan. U Tren de Aragua narkobandasi tomonidan narkotiklarni qayiqlarga qayta yuklash uchun ishlatilgan. Amaliyotga razvedka jihatidan qo‘llab-quvvatlashni AQSh armiyasi tarkibidagi maxsus operatsiyalar kuchlari ko‘rsatgan. CNN yozishicha, hujum oqibatida qurbonlar bo‘lmagan.
Mavzuga oid
09:10
Tramp Putinning qarorgohiga “hujum” haqidagi gaplaridan g‘azablangan
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
12:06 / 29.12.2025
Fon der Lyayyen: Kiyev xavfsizligi - birinchi navbatdagi shart
08:29 / 29.12.2025