Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklar xususiylashtiriladi, davlat ixtiyorida 4 ta bank qoladi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bozor hajmini kengaytirish va raqobatni rivojlantirish maqsadida banklarni xususiylashtirish choralari nazarda tutilgan. Loyihada davlat ishtirokini qisqartirib, davlat ixtiyorida 4 ta bankni saqlab qolish rejalashtirilmoqda.
Strategiya loyihasiga muvofiq, bank tizimida raqobat muhitini kuchaytirish va xizmatlar bozorini kengaytirish uchun islohotlar jadallashtiriladi. Shu doirada banklarni xususiylashtirish va davlat ixtiyorida 4 ta bankni saqlab qolish rejalashtirilgan. Mazkur yondashuv bank sektorini bozor mexanizmlari asosida rivojlantirish, korporativ boshqaruv standartlarini kuchaytirish hamda moliya xizmatlari sifatini oshirish maqsadlari bilan bog‘langan.
Loyihada moliya bozori faolligini oshirish bo‘yicha bir qator miqdoriy ko‘rsatkichlar ham belgilangan. Xususan, bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini 720 trillion so‘mga yetkazish, tijorat banklari depozitlari qoldig‘ini 560 trillion so‘mgacha oshirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, davlat banklari aktivlarining jami bank tizimi aktivlaridagi ulushini 55 foizgacha kamaytirish maqsad qilingan.
Islohotlar kontekstida moliyaviy mahsulotlar xilma-xilligini oshirish masalasi ham ko‘tarilgan. Loyihada O‘zbekistonda islomiy moliyaning huquqiy asoslarini yaratish va kamida 3 ta tijorat bankida islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu orqali moliya bozorida qo‘shimcha instrumentlar paydo bo‘lishi va mijozlar uchun tanlov kengayishi kutilmoqda.
Strategiya loyihasida belgilangan mazkur chora-tadbirlar bank sektorini isloh qilish, davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish, xususiy kapitalni jalb etish va moliya tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
12:35 / 04.06.2026
Mobiuz aloqa operatori 351 mln dollarga sotildi
17:27 / 02.06.2026
Farg‘onadagi Uzsungwoo korxonasining 50 foizlik davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi
11:37 / 28.05.2026