Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rtacha umr davomiyligi 78 yoshga yetkazilishi rejalashtirilmoqda
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish orqali o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish maqsad qilingan. Loyihada sog‘liqni saqlashga ajratiladigan mablag‘lar ulushini oshirish, shuningdek, ayrim kasalliklardan erta o‘lim va kasallanish ko‘rsatkichlarini pasaytirish bo‘yicha aniq indikatorlar belgilangan.
Foto: Baxrom Xatamov
Strategiya loyihasiga ko‘ra, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish sog‘liqni saqlash sohasidagi asosiy maqsadlardan biri sifatida qayd etilgan. Bu maqsadga erishish uchun tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish va kasalliklarni erta aniqlash hamda samarali davolash mexanizmlarini kengaytirish ko‘zda tutiladi.
Loyihada sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishni barqaror oshirish chorasi ham belgilangan: davlat budjetidan sog‘liqni saqlashga ajratiladigan mablag‘lar ulushini 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga yetkazish rejalashtirilmoqda. Mazkur yo‘nalish aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sohaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Erta o‘limni kamaytirish bo‘yicha ham aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan. Jumladan, yurak-qon tomir kasalliklaridan 30–69 yoshdagi erta o‘limni 27 foizgacha kamaytirish, saraton kasalligidan erta o‘limni 5,2 foizgacha kamaytirish nazarda tutilgan.
Shuningdek, qandli diabet kasalligi bor bemorlarni davolash bilan 100 foiz qamrovni ta’minlash, nafas yo‘llari kasalliklaridan erta o‘limni 30–69 yosh toifasida 1,5 foizdan oshirmaslik maqsad qilingan. Loyihada sil kasalligi bilan kasallanish darajasini 33 foizdan yuqori bo‘lmasligini ta’minlash vazifasi ham qayd etilgan.
Strategiya loyihasida belgilangan mazkur ko‘rsatkichlar aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklardan kelib chiqadigan xavflarni kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash orqali umr davomiyligini oshirishga qaratilgan.
2024 yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etgan.
Mavzuga oid
13:47
Har yili 500 nafar iqtidorli yoshlar xorijdagi nufuzli oliygohlarga yuboriladi
11:18
Profilaktika kuchaytiriladi: yuqumli bo‘lmagan kasalliklar erta aniqlanadi
11:14
Yod va vitaminlar bilan bepul ta’minlash 100 foizga yetkaziladi
09:42