Strategiya loyihasiga köra, aholining örtaça umr köriş davomiyligini 78 yoşga yetkaziş soğliqni saqlaş sohasidagi asosiy maqsadlardan biri sifatida qayd etilgan. Bu maqsadga erişiş uçun tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş, profilaktika işlarini kuçaytiriş va kasalliklarni erta aniqlaş hamda samarali davolaş mexanizmlarini kengaytiriş közda tutiladi.

Loyihada soğliqni saqlaş sohasini moliyalaştirişni barqaror oşiriş çorasi ham belgilangan: davlat budjetidan soğliqni saqlaşga ajratiladigan mablağlar uluşini 2030 yilga qadar yalpi içki mahsulotning 5 foiziga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Mazkur yönaliş aholiga tibbiy yordam körsatiş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda sohaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.

Erta ölimni kamaytiriş böyiça ham aniq maqsadli körsatkiçlar belgilangan. Jumladan, yurak-qon tomir kasalliklaridan 30–69 yoşdagi erta ölimni 27 foizgaça kamaytiriş, saraton kasalligidan erta ölimni 5,2 foizgaça kamaytiriş nazarda tutilgan.

Şuningdek, qandli diabet kasalligi bor bemorlarni davolaş bilan 100 foiz qamrovni ta’minlaş, nafas yöllari kasalliklaridan erta ölimni 30–69 yoş toifasida 1,5 foizdan oşirmaslik maqsad qilingan. Loyihada sil kasalligi bilan kasallaniş darajasini 33 foizdan yuqori bölmasligini ta’minlaş vazifasi ham qayd etilgan.

Strategiya loyihasida belgilangan mazkur körsatkiçlar aholi salomatligini mustahkamlaş, kasalliklardan kelib çiqadigan xavflarni kamaytiriş va hayot sifatini yaxşilaş orqali umr davomiyligini oşirişga qaratilgan.

2024 yilda Özbekistonda doimiy aholining örtaça umr köriş davomiyligi 75,1 yoşni taşkil etgan.